Qashqadaryoda dunyoga kelgan uch egizakka Ziroatxon, Shahnozaxon va Saidaxon deb ism qo‘yildi

Saqlash
09:09 / 04.09.2021 863 0

   Yakkabog‘ tumani Gʻozliq mahalla fuqarolar yig‘ini Qo‘tontepa qishlog‘ilik Muslimbek Hazratov hamda Navbahor Dushayeva oilasida dunyoga kelgan uch egizakka Prezidentimiz oilasiga havas qilishib, Ziroatxon, Shahnozaxon va Saidaxon ismlarini qo‘yishdi.

   Uch opa-singil chaqaloqlarning ahvoli juda yaxshi. Oila a’zolari Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida – 31 avgust kuni dunyoga kelgan uch egizak farzandni Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlari qilib voyaga yetkazamiz, deyishmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish