O‘zbekiston bayrog‘ining dunyo bo‘ylab sayohati

Saqlash
15:09 / 02.09.2021 1114 0

Yurtimiz mustaqilligiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan O‘zbekiston bayrog‘i bir nechta mamlakatlarning mashhur maskanlarida turli ko‘rinishlarda aks etdi.

Jumladan, bugun tongda Niagara sharsharasida yashil, oq, ko‘k ranglarda tovlandi.

“Burj Halifa” minorasida bayrog‘imiz tasviri bilan birga yurtimiz haqda rolik ham namoyish etildi.

Bosfor bo‘ylab ikki qit’a o‘rtasida yoyildi.

Dubay favvoralarida mustaqillik haqdagi qo‘shiq baralla yangradi.

Kuala Lumpur shahridagi mashhur ko‘prikda yorqin ranglarda aks etdi.

Nyu York markazidagi asosiy ekranlarda ko‘rinish berdi.

Chikagodagi zamonaviy avtomobillar paradida xilpiradi va hokazo.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish