Google tizimida yurtimiz bayrog‘i aks etdi

Saqlash
15:09 / 01.09.2021 1317 0

Eng ommabop qidiruv tizimi hisoblanuvchi Google saytida 1-sentyabrga o‘tar kechasi yurtimiz bayrog‘i paydo bo‘ldi. Siz ma’lumot qidirish uchun tizimga kirganingizda yuqorida, markaziy qismda O‘zbekiston bayrog‘i hilpirab turganiga guvoh bo‘lasiz.

Bu Google saytining vatanimiz istiqlolga erishganiga 30 yil to‘lgani munosabati bilan uyushtirgan ajoyib tuhfasidir. Ushbu logotip 24 soat mobaynida tizimda turadi.

Oxirgi marta u yerda Navro‘z bayramining logotipi qo‘yilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish