Maktab va kollej sport maydonchalari mahalla yoshlariga beriladi

Saqlash
17:06 / 28.06.2024 383 0

“30 iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan Prezident boshchiligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida maktab, kollej, texnikum, oliygoh sport zallari va kutubxonalari, stadion va basseynlar mahalla yoshlariga xizmat qilishini taʼminlash muhimligi taʼkidlandi.

 

Shuningdek, endi yoz mavsumida “Yangi Oʻzbekiston vatanparvar yoshlari” dasturi asosida 2 million yoshlar sport va vatanparvarlik tadbirlari bilan qamrab olinadi.

 

Bunda jamoaviy sport oʻyinlari, shaxmat, stol tennisi, badminton, yakka kurash, suzish boʻyicha tuman, viloyat hokimlari, vazirlar kubogi oʻtkaziladi.

 

Bundan tashqari, mahallalarda, maktab, texnikum, oliygoh, sihatgoh va oromgohlar zallarida, parklarda kitobxonlik, sheʼrxonlik, raqs, musiqa va kino kunlarini tashkil qilinadi.

 

Har bir istirohat bogʻi, sayilgoh va xiyobonlarga esa bepul “WiFi” oʻrnatiladi.

 

Yigʻilishda taʼkidlanishicha, endi “Turon” teatri tanlovi ham har yili maktab oʻquvchilari orasida oʻtkaziladi. Bunda gʻolib boʻlgan oʻquvchilar Ijod maktablariga qabul qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//