IT sohasida oʻzini oʻzi band qilganlar soliqlardan ozod qilinadi

Saqlash
16:06 / 28.06.2024 381 0

Endilikda IT sohasida oʻzini oʻzi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi.

 

Ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi.

 

Bundan tashqari, IT park tomonidan IT kompaniyalardagi kabi tibbiyot, sport va ofisdan foydalanishi uchun ularga “ijtimoiy karta” beriladi.

 

Endilikda mamlakatda yoshlarni ushbu sohaga jalb qilish boʻyicha alohida dastur amalga oshiriladi.

 

Maʼlumot uchun, bugungi kunda IT sohasida oʻzini oʻzi band qilgan yoshlar – frilanserlar 50 mingdan oshgan boʻlib, ular oʻz mahsulotlarini yiliga ellik, yuz, hatto ikki yuz ming dollargacha eksport qilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//