Texnikum talabalari OTMda 2-kursdan oʻqishi mumkin boʻladi

Saqlash
15:06 / 28.06.2024 602 0

Yangi oʻquv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi.

 

Mazkur dasturlar asosida sertifikat olgan oʻquvchilar oʻsha oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi.

 

Shuningdek, endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uygʻunlashadi.

 

Texnikumning birinchi va ikkinchi yilini yaxshi oʻqigan yoshlarga esa xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi hamda ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursidan oʻqishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi.

 

Kasbi boʻyicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar ham korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//