Tojikiston kinoijodkorlari bilan hamkorlikda “Yulduzlar shuʼlasi: Jomiy va Navoiy” badiiy filmi suratga olinadi

Saqlash
11:04 / 23.04.2024 1444 0

22-aprel kuni Tojikiston poytaxti Dushanbeda “Tojikfilm” hamda Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi rahbariyati uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda tomonlar hamkorligida “Yulduzlar shuʼlasi: Jomiy va Navoiy” nomli badiiy film ssenariysini ishlab chiqish boʻyicha bitim imzolandi.

 

Ekspertlarning 13-19-aprel kunlari boʻlib oʻtgan hamkorlik uchrashuvida ssenariyga yakuniy oʻzgartirishlar kiritilib, uning soʻnggi varianti tasdiqlangan.

 

Xabarda aytilishicha, yaqin kunlarda filmni suratga olish ishlari boshlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish