Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bir yilda umumiy qancha mehnat taʼtili olishi mumkin?

Saqlash
14:04 / 22.04.2024 1303 0

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari toʻgʻrisida” Qonunning 4-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga muddati 36 ish kunidan iborat yillik haq toʻlanadigan taʼtil beriladi, deya maʼlumot berdi Yuristkadr.

 

Maʼlum boʻlishicha, “36 ish kunidan” iborat degani bu “36 kalendar kunidan” degani emas, yaʼni Prezidentning mehnat taʼtili kunlari ish kunida hisoblanishi kerak.

 

Mehnat Kodeksining 221-moddasi uchinchi qismiga koʻra, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat taʼtillarining davomiyligi 6 kunlik ish haftasi hisobidan kalendar boʻyicha ish kunlarida hisoblab chiqariladi.

 

Shundan kelib chiqib, Prezidentning har yilgi mehnat taʼtili 6 kunlik ish haftasi boʻyicha ish kunlarida hisoblanadi. Tushuntirib aytganda, davlat rahbarining mehnat taʼtili kunlari uchun shanba kuni ham inobatga olinadi, ammo yakshanba qoʻshilmaydi.

 

Maʼlum boʻlishicha, hozirgi vaqtgacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining toʻliq mehnat taʼtiliga chiqish holati kuzatilmagan. Bunga sabab Prezidentlik mamlakatdagi eng masʼuliyatli lavozim hisoblanishidir.

 

“Prezident zimmasida shu mamlakatning va bu mamlakatdagi 37 mln. aholining yuki turadi”, deyiladi maʼlumotda.

 

Oldinroq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2024-yil 22-apreldan qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqqani haqida xabar berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish