Mart oyida uy-joy ijara narxlari pasaygani aytildi

Saqlash
12:04 / 22.04.2024 1012 0

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024-yilning mart oyida Toshkent shahrida taklif etilgan uy-joy ijara narxlarini tahlil qildi.

 

Tadqiqotga koʻra, Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda.

 

Jumladan, 2024-yil mart oyida poytaxtda oʻrtacha taʼmirlangan turkumdagi xonadonlar ijara narxlarida fevral oyiga nisbatan oʻrtacha 0,61 foizga, toʻliq taʼmirlangan turkumdagi uy-joylar ijara narxlarida esa oʻrtacha 0,76 foizga tushish kuzatilgan.

 

Yaʼni, 2024-yil mart oyida oʻrtacha taʼmirlangan uylar uchun taklif etilgan oʻrtacha ijara narxi:

◾️ 1 xonali – fevral oyiga nisbatan oʻrtacha 0,6 foizga pasayib, 391 dollarni tashkil etgan;

◾️ 2 xonali – fevral oyiga nisbatan oʻrtacha ijara narxlari esa 1,2 foizga arzonlashib, oʻrtacha 436 dollargacha tushgan;

◾️ 3 va 4 xonali – fevral oyiga nisbatan oʻrtacha ijara narxlari mos ravishda 0,2 va 0,4 foizga pasayib, oʻrtacha narxlar 513 va 591 dollarni tashkil etgan.

 

Hudud hisobida oʻrtacha taʼmirlangan uylarning eng arzon narxda ijaraga berilishi:

◾️ Sergeli tumani

– 1 xonali — 354 dollar;

– 2 xonali — 386 dollar;

– 3 xonali — 435 dollar;

– 4 xonali — 441 dollar.

 

◾️ Olmazor tumani

– 1 xonali — 359 dollar;

– 2 xonali — 414 dollar;

– 3 xonali — 454 dollar;

– 4 xonali — 489 dollar.

 

Hudud hisobida oʻrtacha taʼmirlangan uylarning eng qimmat narxda ijaraga berilishi:

◾️ Mirobod tumani

– 1 xonali — 463 dollar;

– 2 xonali — 518 dollar;

– 3 xonali — 620 dollar;

– 4 xonali — 819 dollar.

 

◾️ Shayxontohur tumani

– 1 xonali — 437 dollar;

– 2 xonali — 456 dollar;

– 3 xonali — 537 dollar;

– 4 xonali — 624 dollar;

 

Mart oyida toʻliq taʼmirlangan uylar uchun taklif etilgan oʻrtacha ijara narxi:

◾️ 1 xonali – 472 dollar(oʻtgan fevral oyiga nisbatan 0,8 foizga tushgan);

◾️ 2 xonali – 644 dollar (oʻtgan fevral oyiga nisbatan 1,1 foizga tushgan);

◾️ 3 xonali – 788 dollar(oʻtgan fevral oyiga nisbatan 0,3 foizga tushgan);

◾️ 4 xonali – 909 dollar(oʻtgan fevral oyiga nisbatan 0,9 foizga tushgan).

 

Hudud hisobida toʻliq taʼmirlangan uylarning eng arzon narxda ijaraga berilishi:

◾️ Sergeli tumani

– 1 xonali — 394 dollar;

– 2 xonali — 449 dollar;

– 3 xonali — 556 dollar;

– 4 xonali — 646 dollar.

 

◾️ Uchtepa tumani

– 1 xonali — 396 dollar;

– 2 xonali — 496 dollar;

– 3 xonali — 622 dollar;

– 4 xonali — 646 dollar.

 

Hudud hisobida toʻliq taʼmirlangan uylarning eng qimmat narxda ijaraga berilishi:

◾️ Mirobod tumani

– 1 xonali — 567 dollar;

– 2 xonali — 844 dollar;

– 3 xonali — 1024 dollar;

– 4 xonali — 1097 dollar.

 

◾️ Shayxontohur tumani

– 1 xonali — 556 dollar;

– 2 xonali — 845 dollar;

– 3 xonali — 1050 dollar;

– 4 xonali — 1024 dollar.

 

Maʼlumot uchun, ijara narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (veb scraping) usulida toʻplangan boʻlib, bunda 2024-yil fevral oyi uchun 51,5 ming va mart oyi chun 52,2 mingta maʼlumotlardan foydalanilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish