Toshkentda qachon 02 kodli avtomobil raqamiga oʻtish mumkinligi aytildi

Saqlash
09:04 / 22.04.2024 1115 0

Xabarda yozishicha, ushbu muddatni taxmin qilish uchun joriy kod – 01 bilan boshlanadigan raqamlarning mumkin boʻlgan maksimal kombinatsiyalar sonini hisobga olish kerak.

 

Yaʼni, 01XYYYXX raqamining tuzilishi 17 mln 576 ming kombinatsiyani nazarda tutadi. Ularning barchasi ishlatilganda, yangi kodga oʻtish mumkin.

 

Kombinatsiyalarning umumiy sonini hisoblash uchun quyidagi omillar hisobga olinadi:

◾️ 01 – hudud uchun bitta variant mavjud;

◾️ X harflari – har bir pozitsiya uchun 26 ta variant;

◾️ YYY raqamlari – har bir pozitsiya uchun 10 ta variant;

◾️ Birinchi harf X – 26 ta variant.

 

Shunday qilib, mumkin boʻlgan raqamlar kombinatsiyalari umumiy soni quyidagicha hisoblanadi:

1 * 26 * 26 * 10 * 10 * 10 * 26 = 17 576 000.

 

Mavjud vaziyatni hisobga oladigan boʻlsak, Toshkentda jismoniy shaxslarga tegishli 600 mingga yaqin avtomobil bor va yiliga 80 mingtaga oʻsib bormoqda.

 

Har yili qayta roʻyxatdan oʻtkazish paytida 5 foiz avtoraqam utilizatsiyaga chiqsa, 17 million avtomobilga yetib borish va 02 kodli raqamlardan foydalanishni boshlash uchun taxminan 68 yil kerak boʻladi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish