Yoshlarni kasbga va chet tillariga oʻqitadigan markaz tashkil etiladi

Saqlash
12:04 / 19.04.2024 1655 2

Hukumat qaroriga koʻra, fuqarolarni (yoshlarni) chet tillariga oʻqitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazi tashkil etiladi.

 

Professional taʼlim muassasalarida taʼlim oluvchilarni kasb (mutaxassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslari ham tashkil qilinadi.

 

Xorijda ishlash istagi boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolarini ish beruvchilar tomonidan tanlab olish jarayonlari Markaz tomonidan uyushtiriladi. Mazkur amaliyot uning asosiy vazifalaridan biri etib belgilanmoqda.

 

Oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi hujjat beriladi.

 

Oʻquv kurslarida kadrlarni tayyorlash bir yilgacha boʻlgan taʼlim dasturlariga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

 

Taʼlim oluvchilar ingliz, nemis, yapon, koreys, arab va boshqa talab yuqori boʻlgan chet tillariga oʻqitiladi.

 

Professional taʼlim muassasalariga jalb etilgan taʼlim oluvchilar chet tilini mustaqil ravishda oʻrganib, xalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikatni taqdim etsa, taʼlim oluvchi tomonidan chet tilini oʻqish uchun sarflangan xarajatlarning 50 foizi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi. Biroq bunda toʻlanadigan summa bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmaydi.

 

*Yuqorida aytilgan kompensatsiya pulini olish uchun xorijiy davlatga ishga jalb qilinadigan fuqarolar chet tili boʻyicha kamida B2 darajadagi, “Ausbildung” (dual taʼlim shakli) asosida xorijga ketadigan fuqarolar esa nemis tili boʻyicha kamida B1 darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olishi talab etiladi.

 

Oʻquv kurslariga jalb qilingan pedagog kadrlarga faoliyat samaradorligidan kelib chiqib, har oyda oylik maoshining 100 foizigacha miqdorda ustama toʻlanadi.

2 Izohlar

Umida

19:04 / 19.04.2024

Yaxshi yangilik ekanku, barchagamikan, qachon bu dastur ishga tushar ekan?

Курбоной

12:04 / 19.04.2024

Зур янгилик

Izoh qoldirish