Prezident qisqa muddatli mehnat taʼtilidan qaytdi

Saqlash
12:04 / 29.04.2024 1217 0

Prezident matbuot xizmati xabariga koʻra, bugun Shavkat Mirziyoyev prezident maslahatchilari, qator vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi.

 

Shuningdek, joriy haftada prezident III Toshkent xalqaro investitsiya forumi ishida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

 

Maʼlumot uchun, davlat rahbarining qisqa muddatli taʼtili 2024-yil 22-apreldan boshlangandi.

 

Bundan oldin 2023-yil 4-dekabr kuni qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqqan.

 

Shuningdek, prezident 2022-yil 5-yanvar kuni mehnat taʼtiliga chiqqan va 7-yanvar kuni ishga qaytgan edi.

 

Shavkat Mirziyoyev prezident lavozimidagi faoliyati davrida beshinchi marta rasman mehnat taʼtiliga chiqdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish