Toshkent xalqaro aeroportida roʻyxatdan oʻtish vaqti oʻzgardi

Saqlash
16:04 / 17.04.2024 1075 0

Uzbekistan Airways aviaqatnovlariga roʻyxatdan oʻtish vaqti oʻzgardi, deb xabar bermoqda aviakompaniya.

 

“Toshkent xalqaro aeroportida aviaqatnovlar soni oshishi va yoʻlovchilar oqimi koʻpayishi hisobga olinib, roʻyxatdan oʻtish jarayoniga tegishli yangi qoidalari joriy etildi”, deb izoh beriladi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi.

 

Maʼlum boʻlishicha, endi Uzbekistan Airways xalqaro aviaqatnovlariga roʻyxatdan oʻtish vaqti qatnov joʻnashiga 40 daqiqa emas, 1 soat qolganda tugatiladi.

 

“Parvoz oldidan protseduralarni bajarish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha vaqtni hisobga olgan holda, yoʻlovchilardan aeroportga oldindan yetib kelishlarini soʻraymiz”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish