Qirgʻizistonda Tik-Tok faoliyati toʻxtatiladi

Saqlash
12:04 / 17.04.2024 913 0

Qirgʻizistonda Tik-Tok ijtimoiy tarmogʻi bloklanadi. Ushbu maʼlumot mamlakatning Raqamli rivojlanish vazirligi tomonidan tasdiqlagan.

 

Vazirlik izohiga koʻra, tarmoqqa nisbatan cheklov chorasi mamlakatning milliy xavfsizlik qoʻmitasi yuborgan xat asosida qoʻllanilgan.

 

Bir kun avval, yaʼni 16-aprel kuni mamlakatdagi bir nechta OAV Qirgʻiziston Tik-Tokʼka kirishni cheklamoqchiligi haqida xabar bergan. Xabarlarda Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasidan Aloqa sohasini tartibga solish va nazorat qilish xizmatiga tegishli xat kelib tushgani aytiladi.

 

Xatda Tik-Tokʼning qirgʻiz segmentida, ayniqsa, “bolalar axborot maydonida” kontent senzurasiga nisbatan tizimli va prinsipial yondashuv yoʻqligi, bu esa mamlakatning tegishli qonunchiligiga zid ekani taʻkidlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish