6 yil davomida Oʻzbekiston qancha odamni fuqarolikka qabul qildi?

Saqlash
16:04 / 15.04.2024 957 0

Oʻzbekiston 2024-yilgacha fuqarosizlikka barham berish boʻyicha #IBelong (“Men mansubman”) global kampaniyasini qoʻllab-quvvatlagan edi, deb yozadi “Yuksalish” harakati.

 

Mazkur faoliyat BMTning Qochoqlar masalalari boʻyicha oliy komissari Boshqarmasi tashabbusi bilan amalga oshirilgan.

 

Xabarga koʻra, 2017–2023-yillar davomida 80 543 nafar odam Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. Bu esa yiliga qariyb 13 424 nafar qoʻshimcha fuqaro deganidir.

 

Mazkur raqamlarni undan oldingi 15 yillik davr bilan solishtirganda anchagina katta tafovutni koʻrish mumkin.

 

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston 1991–2016-yillar oraligʻida 482 nafar odamga fuqarolik pasportini bergan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish