Poytaxtda bayram kuni jamoat transportlari soat 04:00 dan harakatlanadi

Saqlash
17:04 / 08.04.2024 2069 0

Ramazon Hayiti kunida metro poyezdlari harakati odatdagidan 1 soat oldin, yaʼni soat 04:00dan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshlaydi, deb xabar berdi Transport vazirligi.

 

Bayram munosabati bilan belgilangan qoʻshimcha dam olish kunlarida (11,12,14-aprel) esa metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadvalda va 13-aprel sanasida esa, odatiy ish kunlari uchun belgilangan grafik asosida, soat 05:00dan harakatlanadi.

 

Shuningdek, avtobuslar harakati ham 10-aprel kuni soat 04:00da boshlanadi va kun davomida yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida faoliyat olib boradi.

 

Bundan tashqari, qolgan dam olish kunlarida ham ushbu jadval amalda boʻladi. Faqatgina shanba kuni barchaga ish boʻlgani uchun, doimiy tasdiqlangan jadvallar asosida avtobuslar harakati yoʻlga qoʻyiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish