Bugun ikkita tumanga yangi hokim tayinlandi

Saqlash
16:04 / 08.04.2024 2108 0

Bugun, 8-aprel kuni ikkita hokimlikka yangi rahbarlar tayinlandi.

 

Jumladan, Jizzax viloyati Arnasoy tumani hokimligiga Musanov Odil Olimovich nomzodi tasdiqlandi.

 

Bunga qadar u Jizzax viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchisi boʻlib faoliyat olib borgan.

 

Shuningdek, Toshkent viloyati Parkent tumani hokimi Sardor Isakulov boʻldi.

 

Isakov 2006-yili Markaziy magistral elektr tarmoqlari elektroenergiyasi uzatilishini hisoblash boʻlimida elektr montyori vazifasidan boshlagan. Shu bilan birga, Energetika vazirligida masʼul vazifalarda ham ishlagan.

 

Lavozimga tayinlangunga qadar u “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, koperatsion aloqalarni kengaytirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish