Jizzaxda 16 qavatlik uylar quriladi

Saqlash
15:04 / 08.04.2024 1589 0

Bugun, 8-aprelda kuni Jizzax viloyatiga qilingan tashrif davomida Prezident viloyatning rivojlanib borayotgan hududi Sharof Rashidov tumaniga bordi. Ayni vaqtda bu hududda “Yangi Oʻzbekiston” massivi qurilmoqda.

 

Ushbu hudud adir yonbagʻrida joylashgan boʻlib, undan deyarli foydalanilmas edi. Hozir 140 gektarli ulkan maydonda qurilish ishlari ketmoqda.

 

Xabarga koʻra, loyiha uch bosqichli boʻlib, 3 ming 936 xonadonli 105 ta koʻp qavatli uy barpo etilishi rejalashtirilgan. Uylar esa 9, 12 va 16 qavatli boʻladi.

 

Ayni vaqtda birinchi bosqich doirasida 204 xonadonli 4 ta koʻp qavatli uy, markaziy qozonxona, shourum va ichki yoʻllar qurilgan. Yana 16 ta turar joy, maktab va maktabgacha taʼlim muassasasi, savdo markazi bunyod etilishi aytilmoqda.

 

Ikkinchi bosqich 2026-, uchinchisi esa 2028-yillarga reja qilingan. Bunda uylardan tashqari mahalla markazi, poliklinika, masjid, mehmonxona, bolalar va sport oʻyingohlari, “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi barpo etilishi maqsad qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish