Farrux Jabborov yangi lavozimda ish boshladi

Saqlash
14:04 / 08.04.2024 2426 0

Farrux Jabborov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining «“Til va adabiyot ta’limi”, “Преподавание языка и литературы”, “Language and literature teaching” jurnallari tahririyati» davlat korxonasi bosh muharriri etib tayinlandi.

 

U bungacha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Raqamli targ‘ibot bo‘limi boshlig‘i – Oyina.uz portali bosh muharriri lavozimida ishlab kelgan.

 

Farrux Jabborov 1985-yili 31-may kuni Jizzax tumani Sharilloq qishlog‘ida tug‘ilgan. 2007-yili O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti bakalavriatini, 2012-yili O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti magistraturasini, 2018-yili esa O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tayanch doktoranturasini tugatgan. 

 

U ish faoliyatini 2006-yili “Hurriyat” mustaqil gazetasida boshlab, shundan so‘ng “Ma’rifat”, “Oila va jamiyat”, “XXI asr” gazetalari, “JannatMakon”, “Yoshlik”, “Yosh kuch”, “Kino san’ati” jurnallarida turli lavozimlarda xizmat qilgan. “Yilning eng faol jurnalisti” tanlovi ikki karra g‘olibi (2008, 2021), O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi (2013).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish