Germaniya oʻzbekistonliklarga yangi ish oʻrinlarini taklif qildi

Saqlash
09:04 / 08.04.2024 3560 2

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining maʼlum qilishicha, ayni vaqtda Germaniya mehmonxonalari chetdan kelib ishlovchilar uchun boʻsh oʻrinlarini taklif qilmoqda. Bunda Oʻzbekistondan boruvchilar amaliyot oʻtashi yoki ishlashi mumkin.

 

Nomzodlar uchun qoʻyilayotgan talablar:

◾️ turizm, mehmonxona yoʻnalishlarida kasb-hunar kolleji, texnikum yoki oliygoh diplomi boʻlishi;

◾️ mehmonxona xizmatlari boʻyicha tajribasi boʻlishi;

◾️ nemis tilini kamida B1 darajada bilishi va tasdiqlovchi sertifikati boʻlishi;

◾️ 20–30 yoshda boʻlishi;

◾️ sudlanmagan boʻlishi;

◾️ jismonan sogʻlom boʻlishi;

◾️ sinov muddati 3 oy.

 

Bunda boruvchilar uchun quyidagi afzalliklar mavjud:

◽️ ish haqi oyiga 1800 yevro (soliqlar ushlangandan keyin);

◽️ Germaniya aeroportidan ish joyigacha transfer;

◽️ turar-joy topishga koʻmak.

 

Mazkur loyihaga qiziquvchilar ushbu manzildan kirib roʻyxatdan oʻtishi mumkin.

 

Maʼlumot uchun, roʻyxatdan oʻtish jarayoni 15-aprel, soat 18:00 da toʻxtatiladi.

 

Shuningdek, bir yarim oy oldin eʼlon qilingan hamshiralik lavozimiga hali hamon yetarlicha odam yigʻilmagan, deb xabar bermoqda agentlik.

 

Maʼlum boʻlishicha, taklif qilingan ish oʻrni 20 mingta va hozircha atigi 44 nafar nomzod roʻyxatdan oʻtgan.

 

Qoʻyiladigan talablar yaratilgan sharoitlar:

◾️ jamoaviy ishlash;

◾️ ishlash vaqti haftada 40 soat (5/2);

◾️ yosh chegarasi 18 yoshdan 39 yoshgacha boʻlishi;

◾️ ish tajribasi malakali boʻlishi;

◾️ jinsi ahamiyatsiz

◾️ ish faoliyati ahamiyatsiz

◾️ taʼlim darajasi oʻrta-maxsus boʻlishi;

◾️ 3 yillik tibbiyot kolleji diplomi, nemis tilidan xalqaro kamida B1 daraja sertifikatga ega boʻlishi;

◾️ ish haqi 2 500 yevro.

 

Mazkur loyihaga ushbu manzil orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.

2 Izohlar

Turgʻunboy

10:04 / 09.04.2024

Men ham tibbiyot feldsheri yoʻnalishi boʻyicha davlat tomonidan ishga bormoqchiman

Muzaffar

05:04 / 09.04.2024

Assalomu alaykum yaxshimisizlar. Aynan med kollejni tugatgan bo'lishi shartmi yoki med universitetning davolash yoki pediatriya sohalari bo'yicha bakalavriat yo'nalishini tugatga bo'lsa bo'lmaydimi, aynan nemis tili bo'lishi shartmi, englis tilini bilsa bo'lmaydimi ?

Izoh qoldirish