Fuqaro zovurga tashlagan chiqindisini oʻzi tozaladi

Saqlash
18:04 / 05.04.2024 1931 0

Maʼlum boʻlishicha, 1-aprel kuni Zangiota tumanining Nayman MFY hududidagi ichki zovurga davlat raqami 01 W 100 LB “Gazel” rusumli avtotransport vositasida nomaalum fuqaro har xil turdagi chiqindilarni tashlab ketganligi aniqlangan.

 

 

Surishtiruv natijasida huquqbuzarlikni Toshkent shahrida yashovchi fuqaro A.A. sodir etgani maʼlum boʻlgan.

 

Xabarda aytilishicha, huquqbuzar bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Shuningdek, u tashlagan chiqindilarini oʻzi tozalagan.

 

Huquqbuzar zovurni tozalash bilan qutilib ketolmadi. Xulosada unga nisbatan MJtKning 91/1-moddasi, 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh barobarida jarima chorasi qoʻllanilgani aytiladi.

 

“Sekingina chiqindi tashlasam, hech kim sezmaydi deb oʻylamang, zero bu huquqbuzarlik uchun qonunda tegishli tartibda chora koʻrilishini unutmang. Sizning qilayotgan har bir harakatingiz farzandlaringiz uchun namuna boʻlayotganini ham yodingizdan chiqarmang”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish