Toshkent shahrida issiqlik taʼminoti va issiq suv xizmatlari koʻtarildi

Saqlash
17:04 / 04.04.2024 1651 0

2024-yil 2-apreldan aholiga issiqlik taʼminoti va issiq suv xizmatlari uchun tariflar 15% ga koʻtarilganini maʼlum qilamiz, deb xabar berdi Veolia Energy Tashkent.

 

 

Xabarga koʻra, yangi tariflar isitish mavsumi tugagan kundan bir kun oʻtib, yaʼni 27-martdan emas, balki Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga asosan 2024-yil 2-apreldan kuchga kirgan.

 

Maʼlumot uchun, agar isteʼmolchi 27-martdan 2-aprelgacha issiqlik taʼminoti va issiq suv xizmatlari uchun oshirilgan stavkalarda toʻlovlarni amalga oshirgan boʻlsa, toʻlangan oshiqcha summa avans sifatida hisobga olinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish