Yaqin 30 yilda qurilish sohasida bizni qanday kasblar kutmoqda?

Saqlash
17:04 / 04.04.2024 1686 0

Bandlik vazirligining maʼlum qilishicha, kelajakda arxitektura sohasi binolarning energiya isteʼmolida shamol, quyosh va yer osti suvlaridan unumli foydalanishga harakat qiladi.

 

◾️ BIM (Building Information Modeling) loyihalovchi

Izoh: Bu bino maʼlumot modeli uchun vizual qismni yaratuvchi mutaxassis hisoblanadi. Yaʼni, bunday xodimlar barcha hujjatlarni jamlab, chizmalarni 3D ga aylantiradi va har bir blokni batafsil maʼlumot bilan toʻldiradi.

 

◾️ “Aqlli uy” infratuzilmasi dizayneri

Izoh: Bu uyni intellektual boshqarish tizimini loyihalash, oʻrnatish va sozlash boʻyicha mutaxassis sanaladi.

 

◾️ Eski qurilish konstruksiyalarini rekonstruksiya qilish va mustahkamlash boʻyicha mutaxassis

Izoh: Bunday xodimlar yangi materiallar va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda turli binolarni restavratsiya qilish va obodonlashtirish bilan shugʻullanadi.

 

◾️ Qurilishdagi 3D bosma dizayneri

Izoh: Bu 3D qurilish printerlari yordamida binolarni yaratuvchi meʼmor boʻlib, u materiallarni tanlaydi, mijozning ehtiyojlari, qurilish obyekti joylashuvi va iqlimini hisobga olgan holda kelajakdagi uylarning shakllarini ishlab chiqadi. Ushbu mutaxassis loyihani dasturda modellashtiradi, soʻngra mashinalar uni toʻliq hajmda chop etadi.

 

◾️ “Yashil shahar”lar arxitektori

Izoh: Bu mutaxassis ekologik talablarni, barqaror rivojlanish tamoyillarini hisobga olgan holda binolar, mahallalar va butun shaharlarni loyihalash bilan shugʻullanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish