Maktab direktori oʻrinbosarni tuman boʻlim boshligʻi lavozimiga koʻtarib qoʻymoqchi boʻldi

Saqlash
12:04 / 04.04.2024 1911 0

Maʼlum boʻlishicha, holat Qashqadaryoda viloyatida sodir boʻlgan. Unda “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Qarshi tumanidagi maktab direktori oʻrinbosarini Yakkabogʻ tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlanishida yordam berishini aytgan. U bu “ish”ni oʻzining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali bajarmoqchi boʻlgan. “Xizmat haqi” uchun esa “nomzod”dan 55 ming AQSh dollari talab qilgan.

 

Oʻtkazilgan tezkor tadbir jarayonida maktab direktori koʻrsatilajak “xizmat”i uchun oldidan 30 ming AQSh dollari olayotgan vaqtida ushlangan.

 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish