Kontraktda oʻqiydigan talabalar uchun soliq imtiyozlari borligini bilarmidingiz?

Saqlash
17:04 / 02.04.2024 5091 1

Aslida kontrat uchun 12 foiz miqdorida daromad soligʻini olishda quyidagi jihat inobatga olinadi:

Bunda fuqaro oladigan maoshi yoki boshqa daromadlaridan oʻzi, farzandi yoki 26 yoshga toʻlmagan turmush oʻrtogʻining oliy oʻquv yurtida taʼlim olishi uchun toʻlovni amalga oshirgan boʻlishi zarur.

 

Mazkur imtiyoz professional taʼlim tashkilotlari boʻlgan kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga ham tatbiq etilgan.

 

Ammo yuqorida aytilgan 3 ta toifadagi qarindoshlardan boshqa shaxslar, masalan, kontrakt toʻlovchining aka-ukasi, opa-singlisi, kuyovi yoki kelini yoxud boshqa shaxslarning kontrakti uchun toʻlov qilinsa, hech qanday imtiyoz qoʻllanmaydi.

 

12 foizini qaytarib olish imtiyozi professional va oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish uchun qilingan quyidagi turdagi toʻlovlardan keyingina amalda qoʻllanadi:

◽️ jismoniy shaxsning oʻz mablagʻlari hisobidan;

◽️ tijorat banklari tomonidan berilgan taʼlim kreditlari hisobidan;

◽️ yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablagʻlar hisobidan.

 

Qizgʻi, agar bu pul hisoblab chiqiladigan boʻlsa, ancha-muncha xarajat qoplanadi.

 

Masalan, 2023-2024 oʻquv yili uchun tibbiyot sohasida kunduzgi taʼlimda bakalavriat bosqichida oʻqiyotgan talabaning kontrakt summasi 9 129 930 soʻm deylik. Agar bunda 12 foizlik imtiyoz qoʻllanilsa, bir yilda 1 095 591 soʻm pul tejab qolinishi mumkin.

 

Uni qanday olish esa ozroq harakat talab qiladi. Chunki hujjat yigʻish kerak.

 

Xullas, soliq chegirmasiga boʻlgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etilishi zarur:

– toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi;

– bank bilan taʼlim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

– OTM hisob raqamiga pul mustaqil toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;

– pasport nusxasi yoki talabaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi.

 

Bunda talaba yoki uning kontraktini toʻlagan shaxs universitet buxgalteriyasiga, barcha hujjatlarni yigʻgan holda, uchrashishi lozim boʻladi.

 

Maʼlumot uchun, oliy oʻquv yurtlari va tijorat banklari tomonidan mablagʻlarni qaytarib berish ushbu mablagʻlar olingan shaxslarning hisobvaraqlariga oʻtkazib berish orqali amalga oshiriladi.

1 Izoh

Samiya

10:04 / 08.04.2024

Yillik Kontrakt summani shartnoma boʻyicha 3-4 ga boʻlib toʻlash mumkin. Oʻquv yili 2023-2024 yil hisoblanadi, ammo 12% li imtiyozni qaytarib olish uchun ham 2-3 yil vaqt ketadi. Sababi summani bir yilda qilgan boʻlishi kerak ekan. Kontrakt summa toʻliq toʻlangandan kiyn shuni bitta qilb 12% ni qaytarsa boʻladigon qilinsa sarsongarchilik boʻlmasdi.

Izoh qoldirish