Poytaxtning barcha hududida ichimlik suvi bosqichma-bosqich oʻchiriladi (roʻyxat)

Saqlash
15:04 / 02.04.2024 1262 0

2024-yil bahorgi – yozgi mavsumga tayyorgarlik boʻyicha katta hajmli suv oʻtkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika – taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan “Toshkent shahar suv taʼminoti” AJ isteʼmolchilarga ichimlik suv bosimining pasayishi va vaqtincha toʻxtatiladigan sana va manzillarni maʼlum qildi.

 

Quyida keltirilgan tumanlarda belgilangan sanalar davomida ichimlik suv taʼminoti vaqtincha uziladi yoki bosimi pasaytiriladi:

 

◾️ Mirzo Ulugʻbek tumani;

◾️ Uchtepa tumani;

◾️ Yakkasaroy tumani;

◾️ Shayxontohur tumani;

◾️ Yashnobod tumani;

◾️ Olmazor tumani;

◾️ Chilonzor tumani;

◾️ Sergeli tumani;

◾️ Yangihayot tumani;

◾️ Mirobod tumani;

◾️ Yunusobod tumani.

 

Maʼlum boʻlishicha, suvsiz qolgan hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish