Poytaxt hokimining sobiq oʻrinbosari yana oʻz lavozimiga qaytdi

Saqlash
10:04 / 02.04.2024 1052 0

Durdona Rahimova Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.

 

Maʼlumot uchun, Rahimova bundan oldin, 2023-yildan buyon yoshlar siyosati va sport vazirining oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

 

1989-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan Durdona Rahimova 2013-yili Jizzax davlat pedagogika institutini tamomlagan.

 

Bugungi kunga qaday bir qator lavozimlarda ishlab kelgan Rahimova mehnat faoliyatini 2012−2013-yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Jizzax viloyati kengashi iqtidorli yoshlar va yosh olimlar bilan ishlash boʻlimi mudiri sifatida boshlagan.

 

Taʼkidlash lozim, u yaqinda tayinlangan Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida oldin ham ishlagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish