Bugundan avtomobilni roʻyxatdan oʻtkazish summasi 2 mln. soʻmdan oshdi

Saqlash
15:04 / 01.04.2024 1128 0

Kecha, 31-mart kuni avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini (yarim tirkamalarini) davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlov stavkalari oshirilishi rasman tasdiqlandi. Bu boʻyicha Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov buyruq chiqargan.

 

Unga koʻra, 1-apreldan elektromobillar, mototransport vositalari va tirkamalarni roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlovlar stavkasi 15 baravarga — 1,5 BHMgacha yoki 510 ming soʻmgacha oshiriladi. Qolgan barcha avtomobillar boʻyicha stavka 68,4 baravarga oshib, 6,84 BHM yoki 2,32 mln soʻmni tashkil etadi.

 

Solishtirish uchun, amaldagi stavka summasi BHMning 10 foizi, yaʼni 34 ming soʻm edi. Endilikda bu summa 2 mln. 320 ming soʻmga aylanadi.

 

Qizigʻi, bundan 5 oy oldin avtomobillarga davlat raqamini berish stavkasi 2,3 baravarga oshishi toʻgʻrisidagi xabar qariyb 2 yarim oy oldin chiqqan edi. Ammo 1-apreldan koʻtarilishi belgilangan avtotransportni roʻyxatdan oʻtkazish summasi haqidagi xabar kunikecha, 31-mart kuni tarqaldi.

 

Endilikda bu summani boshqa davlatlar bilan solishtiradigan boʻlsak, bizda bundan keyin anchagina yuqori summa toʻlanishini ochiqlanadi.

 

Masalan, endilikda avtomobillarni roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish xorij valyutasida taxminan 184 dollarni tashkil qiladi. Qiyoslanganda, AQSHda bu miqdor 30-50 dollar. Britaniyada yangi mashinani roʻyxatdan oʻtkazish esa taxminan 70 dollarni tashkil qiladi.

 

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmatining 30-mart kuni tarqatgan “Elektromobil haydash endi yanada foydali boʻladi” sarlavhali xabarida endi aynan “kim”ga foyda boʻlishi haqida ochiq aytilmagan. Sababi, elektromobilni roʻyxatdan oʻtkazish ham 15 foizga oshishi boʻyicha berilgan xabarda ushbu oʻzgarishni tasdiqlovchi hech qanday hujjat haqida yozilmagan.

 

Bundan ham ajablanarlisi, IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmatining xabari 30-mart kuni tarqalgan boʻlsa, bu boʻyicha Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonovning buyrugʻi 31-mart kuni imzolangan.

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish