Qalandar baxshi 73 yoshida vafot etdi

Saqlash
07:03 / 01.03.2024 1361 0

Oʻzbekiston xalq baxshisi Qalandar baxshi (Roʻzimboy Normatov) 73 yoshida vafot etdi. Bu haqida Madaniyat vazirligi xabar berdi.

 

Xorazm baxshichilik, dostonchilik maktabining yirik namoyandalaridan biri boʻlgan Roʻzimboy (Qalandar baxshi) Normatov 1951-yili 15-iyunda Xorazm viloyati Shovot tumanida tug‘ilgan. 1990-yili Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan.

 

Qalandar baxshi “Avazxon” folklor etnografik ansambli badiiy rahbari sifatida koʻp yillar faoliyat yuritgan. “Oshiq Gʻarib va Shohsanam”, “Tohir va Zuhra”, “Sayotxon va Hamro”, shuningdek, “Goʻroʻgʻli” turkumidan “Bozirgon”, “Avazxon”, “Xirmondali” kabi dostonlarni yuksak mahorat bilan kuylagan.

 

Roʻzimboy Normatov 2001-yili “Oʻzbekiston xalq baxshisi” unvoni bilan taqdirlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish