Bu yil O‘zbekiston MMA bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Saqlash
14:01 / 31.01.2024 717 0

Maʼlumot uchun, mazkur turdagi musobaqa Markaziy Osiyoda ilk bor tashkil etiladi.

 

Bu haqida “Hilton” mehmonxonasida o‘tgan matbuot anjumanida maʼlum qilinda. Unda Xalqaro aralash jang sanʼatlari (IMMAF) federatsiyasi prezidenti Kerrit Braun, tashkilot bosh ijrochi direktori Densin Uayt va Osiyo qitʼasi direktori Vissam Abi Nader, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Mahmudov, Mudofaa vaziri o‘rinbosari Alisher Norbayev va MOQ raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Toshmatov ishtirok etishdi.

 

Anjuman davomida 2024-yilda O‘zbekistonda ilk bor MMA bo‘yicha havaskorlar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkazilishi rasman eʼlon qilindi. Qayd etish lozimki, bunday musobaqa Markaziy Osiyoda ilk bor tashkil etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish