“The Samarkand express” sayyohlik poyezdi yoʻlga qoʻyiladi

Saqlash
09:05 / 06.05.2024 780 0

Ushbu turistik poyezd loyihasi boʻyicha Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va Italiyaning “Arsenale Group” kompaniyasi oʻrtasida hujjat imzolangan.

 

“Boy tarixiy meros va tabiiy goʻzallikka ega boʻlgan Oʻzbekiston oʻtgan yili Samarqandda boʻlib oʻtgan BMT jahon turizm tashkiloti bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasi doirasida “The Samarkand express” sayyohlik poyezdi ishga tushirilishi tufayli turizm salohiyatini rivojlantirishda muhim qadam tashladi”, deyiladi xabarda.

 

Maʼlum boʻlishicha, poyezd nafaqat transport vositasi, balki yoʻlovchilarga qadimiy va zamonaviy Oʻzbekiston tarixi, anʼanalari va turmush tarzi bilan tanishish imkoniyatini beruvchi madaniy almashinuv platformasi boʻladi.

 

“Yoʻlovchilar keng va nafis kupelar, sarxil taomlar, yuqori darajali xizmat koʻrsatish va goʻzal Oʻzbekiston landshaftlarining hayratlanarli manzaralarini taqdim etuvchi panoramali oynalardan foydalanishlari mumkin boʻladi”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish