Maqsud Shayxzoda haqida film suratga olinadi

Saqlash
13:01 / 29.01.2024 1028 0

Mazkur filmni yaratish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi va Ozarbayjon Kinematografiya agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

 

 

Unda aytilishicha, yozuvchi hayoti haqida hikoya qilishi rejalashtirilayotgan ushbu kinofilmni suratga olish kelishuvi Ozarbayjonda o‘tayotgan “O‘zbekiston fan va madaniyati kunlari” doirasiga to‘g‘ri kelgan.

 

 

Shuningdek, tomonlar mazkur hamkorlik yana boshqa ko‘plab qo‘shma loyihalar uchun ham yangi eshiklar ochishini taʼkidlashgan.

 

Maʼlumot uchun, 2021 yilda Kinematografiya agentligi va Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan hamkorlikda “First art media” studiyasi tomonidan Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Ikki xalq dilbandi” hujjatli filmi suratga olingan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish