Abbos Fayzullayev dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nominatsiyasiga daʼvogar boʻldi

Saqlash
12:12 / 13.12.2023 1158 0

Oʻzbekiston terma jamoasi va Moskvaning “SSKA” klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev IFFHS talqiniga koʻra 2003-yilda tavallud topgan futbolchilar orasida 2023-yilning eng yaxshi yosh futbolchisi boʻlish uchun nomzodlar qatoridan joy oldi.

 

Ushbu nominatsiyada gʻolib boʻlish uchun dunyoning 26 nafar futbolchisi nomzodlar qatoridan joy oldi. Ular orasida Jud Bellinghem (“Real”), Jamol Musiala (“Bavariya”), Gavi, Lamin Yamal, Alexandro Balde (“Barselona”) kabi nomlarni uchratish mumkin.

 

IFFHS xalqaro hakamlar hayʼati 120 mamlakat jurnalistlari va futbol ekspertlaridan iborat. Gʻolib nomi 2024-yilning yanvar oyida eʼlon qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish