“Hech qachon kasal bo‘lmagan”, saylovda “rekord” o‘rnatgan va shaxmatni yaxshi ko‘rgan – O‘zbekistonni 25 yil boshqargan Islom Karimov haqida 25 fakt


Saqlash
14:01 / 30.01.2024 1164 0

Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov 1938-yil, 30-yanvarda Samarqand shahrida tugʻilgan. Bugun mustaqil Oʻzbekistonni roppa-rosa 25 yil boshqargan siyosatchi haqida turli xil fikrlar yangraydi. Oyina.uz birinchi Prezident tavallud topgan kun munosabati bilan Karimovga doir 25 faktni esga oldi.

 

1. Islom Karimovning otasi Abdugʻani Karimov davlat xizmatchisi, onasi Sanobar Karimova esa uy bekasi boʻlgan.

 

2. Islom Karimovning Mehriniso ismli opasi va Omonulla, Ibodulla, Arslon, Quddus, Ikrom, Xurshid ismli aka-ukalari boʻlgan.

 

3. Karimovning aka-ukalari – Ibod va Quddus Abdugʻaniyevichlar fan nomzodi darajasini olgan.

 

Foto: Karimov fondi 

 

4. 1941-yilda ota-onasi Islom Karimovni Samarqanddagi mehribonlik uyiga topshirib, bir yildan soʻng qaytarib olgan. Biroq 1945-yilda Karimov yana mehribonlik uyiga berilgan.

 

5. Karimov Oʻrta Osiyo politexnika instituti (hozirgi Toshkent Davlat texnika universiteti) va Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti (hozirgi Toshkent Davlat agrar universiteti)ni tamomlagan.

 

6. Islom Karimov muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklari hamda iqtisod fanlari nomzodi darajasiga ega boʻlgan.

 

 

7. Islom Karimov “Tashselmash” va Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis sifatida faoliyat yuritgan va shu yerdan Oʻzbekiston SSR davlat rejalashtirish qoʻmitasiga oʻtgan.

 

8. 1983-1986-yillarda Moliya vaziri boʻlgan Karimov 1986-yilda Qashqadaryo viloyati hokimi etib tayinlangan.

 

9. 1989-yilda Islom Karimov Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasining birinchi kotibiga aylangan.

 

10. Karimov sovet respublikalari rahbarlari orasida birinchi boʻlib (1990-yil 24-mart), “prezident” titulini olgan. Taqqoslash uchun SSSR rahbari Mixail Gorbachyov 1990-yil 15-martda prezident deb atala boshlangan. Qozogʻiston birinchi kotibi Nursulton Nazarboyev esa bir oy oʻtib, 1990-yil 24-apreldan prezident boʻlgan.

 

11. Islom Karimov 4 marotaba (1991, 2000, 2007 va 2015-yillarda) prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozongan.

 

 

12. 1999-yil fevral oyida Toshkentda Islom Karimov hayotiga suiqasd uyushtiriladi. Vazirlar Mahkamasi yigʻilishi boʻlib oʻtadigan hukumat binosi yaqinida avtomobil portlatiladi. Portlash oqibatida 16 kishi halok boʻladi, yuzdan ortiq inson jarohatlanadi. Karimovning oʻzi portlashdan jabrlanmagan. Prezident televideniyedagi chiqishida ushbu portlash radikal islom vakillari tomonidan uning hayotiga suiqasd uyushtirish uchun tashkillashtirilganini aytgan.

 

13. Karimov Afgʻoniston masalasida AQSh va Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik qilgan va yaqin aloqalar oʻrnatgan.

 

 

14. 2005-yilgi Andijon voqealaridan soʻng Karimov va Gʻarb oʻrtasidagi munosabatlar sovuqlashgan. Natijada Islom Karimov Rossiya va Xitoy bilan aloqalarga katta eʼtibor qarata boshlagan.

 

15. Islom Karimov davlat rahbari sifatida rasmiy tashrif bilan 125 marotaba xorijiy davlatlarga borgan.

 

16. Islom Karimov saylovlar borasida rekordlarga ega. 2007-yilgi prezidentlik saylovlarida Karimov 91 % saylovchi ishtirok etgan birinchi turda 90,76 % ovoz olgan va bu bilan dunyo rekordlaridan birini oʻrnatgan.

 

17. Karimovning 25 yillik prezidentlik davrida uning xastalangani haqida hech qachon rasmiy xabar berilmagan.

 

18. Islom Abdugʻaniyevich Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi hududni yaratish tashabbuskori boʻlgan.

 

 

19. Karimov dastlab Natalya Kuchma Petrovna bilan turmush qurgan (1960-yillarda) va 1969-yili ularning farzandi – Pyotr Karimov dunyoga kelgan.

 

20. 1967-yilda Karimov Tatyana Karimovaga uylangan. Bu nikohdan ikki qiz — Gulnora va Lola Karimovalar tugʻilgan.

 

 

21. Islom Karimov shaxmat oʻynashni yoqtirgan va baʼzida soatlab shaxmat stoli oldida oʻtirgan.

 

22. Birinchi Prezident “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni, “Mustaqillik” va “Amir Temur” ordenlari bilan taqdirlangan.

 

23. Karimovni Ispaniya qiroli “Fuqarolik xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlagan.

 

 

24. Islom Karimov Oʻzbekiston davlatini 27 yil – 1989-yil 23-iyunda birinchi kotib boʻlgandan 2016-yil 2-sentabr, vafotiga qadar, mustaqil Oʻzbekiston Respublikasini 25 yil (1991-yil 31-avgustdan) boshqargan.

 

25. Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti 2016-yil 2-sentyabr kuni 78 yoshida vafot etdi va 3-sentyabr kuni Samarqand shahrida dafn etildi.

 

Muhammadqodir SOBIROV tayyorladi.

 

Oʻxshash maqolalar: “Oʻtkan kunlar”, Tonglar tinch otardi, bu yerda…” – Islom Karimov yaxshi koʻrgan filmlar

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

San’at

10:05 / 07.05.2024 0 39
“Avtohalokat” dan keyingi oʻylar

Mafkura

10:05 / 07.05.2024 0 60
Urushda g‘oliblar bo‘lmaydi...





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19350
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 16466
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi