Diqqat, tanlov!

16:10 / 24.10.2022 1998
Saqlash

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Fanlar Akademiyasi Tarix instituti, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamkorlikda “Qoʻshinlar madhiyasi” va “Eng jangovar qoʻshiq” hamda “Eng jangovar chaqiriq va shior” tanlovlarini eʼlon qiladi.

Tanlovlarda harbiy xizmatchilar, havaskor va professional ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.

“Qoʻshinlar madhiyasi” tanlovida 1-oʻrinni egallagan qoʻshiq 15 million soʻm pul mukofoti;

“Eng jangovar harbiy qoʻshiq” tanlovida 1-, 2-, 3-oʻrinni egallagan gʻoliblar 18, 15, 12 million soʻm pul mukofoti;

“Eng jangovar chaqiriq va shior” tanlovida 1-, 2-, 3-oʻrinni egallagan gʻoliblar 5, 3, 2 million soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ijodkorlar shu yilning 25-oktyabridan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman (shahar) boʻlinmalariga murojaat qilishlari mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish