Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oyina.uz portali “Navro‘z” milliy qadriyatlar viktorinasi” onlayn intellektual tanlovini e'lon qiladi.

18:03 / 18.03.2024 12234
Saqlash

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oyina.uz portali “Navro‘z” milliy qadriyatlar viktorinasi” onlayn intellektual tanlovini e’lon qiladi.

 

Tanlov 18-martdan 30-martgacha davom etadi. Viktorina ikki bosqichda onlayn shaklda, Telegram tarmog‘ida tashkil etiladi.

 

Viktorinada qatnashish uchun @oyinatanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tish, kamida 5 nafar do‘stini tanlovga taklif qilish va test savollariga javob berish kerak bo‘ladi.

 

Birinchi bosqichda savollarga eng ko‘p to‘g‘ri javob topgan 200 nafar ishtirokchi va tanlovga eng ko‘p do‘stlarini taklif qilgan (eng ko‘p referal ball to‘plagan) 50 nafar ishtirokchi final bosqichida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

 

Yakuniy bosqichda 50 ta test savoliga eng ko‘p to‘g‘ri javob topgan ishtirokchilar tanlov g‘olibi deb e’lon qilinadi.

 

G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

 

1-o‘rin – Televizor (43), Artel UA43H3502 4K UHD Smart;

2-o‘rin – Planshet (4/64), Samsung Galaxy Tab A8 4/64 GB;

 

3-o‘rin – Smartfon (6/128), Samsung Galaxy A14 6/128 GB;

 

4–10-o‘rinlar – kitoblar to‘plami; 

Eng ko‘p referal ball to‘plagan 5 nafar ishtirokchi – Samsung smartfon.

 

Tanlov nizomi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

 

“Navro‘z” milliy qadriyatlar viktorinasida ishtirok eting va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiriting!

1 Izoh

Kamoliddin

16:04 / 13.04.2024

Juda zoʻr

Izoh qoldirish