Turizmni rivojlantirishga qaratilgan videoroliklar tanlovi eʼlon qilindi

16:09 / 16.09.2022 2023
Saqlash

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Oʻzbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirish, viloyat va shaharlarning turistik salohiyatini keng targʻib qilishga qaratilgan videoroliklar tanlovi eʼlon qilindi.

 

Tanlov doirasida ishtirokchilar, oʻzlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida #yoshlartravel, #uzbtravel #uzbekistantravel #TITF_2022 heshteglari bilan eʼlon qilingan video materiallarni joylashtiradi. Gʻoliblar ijtimoiy tarmoqlarda (Feysbuk, Instagram, TikTok) joylashtirilgan video materiallarga toʻplangan “like”lar soni boʻyicha aniqlanadi. Tanlov 2022-yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar oʻtkaziladi.

 

Ishtirokchilar ijtimoiy tarmoqda joylashtirayotgan videoroliklari boʻyicha quyida keltirilgan ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga (Instagram – @uzb_travel, Facebook – Uzbekistan Travel va Tiktok – uzb.travel) obuna boʻlishlari lozim.

 

Tanlovda har bir ijtimoiy tarmoq boʻyicha (Feysbuk, Instagram, TikTok) 1 nafardan gʻoliblari aniqlanadi va umumiy hisobda 3 ta ishtirokchiga tashkilotchilar tomonidan gʻoliblik sertifikati va noutbuk (i5/15.6 FHG/8GB DDR4 3200/SSD 256GB litsenziyalangan windows 10) topshiriladi.

 

Gʻoliblarni taqdirlash marosimi 2022-yil 30-noyabrdan 2-dekabrga qadar boʻlib oʻtadigan Ipak yoʻlidagi turizm-2022 27-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida oʻtkaziladi.

 

Ushbu havola orqali Tanlov Nizomi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

1 Izoh

Overlord

06:01 / 01.01.1970

Hamayoq korrupsiya turizm 2022 da fotorolikdi korsatasilarmi perexod qoyilgan nakrutkadan layk yig'gan ? 2000 ta layk urib bolibdiku 🤣 UYAT

Izoh qoldirish