Qisqa hikoyalar tanlovi

22:07 / 18.07.2022 2196
Saqlash

Diqqat, tanlov!

 

Oyina.uz portali Mustaqillik bayrami munosabati bilan “Qisqa hikoyalar” tanlovini e’lon qiladi.

 

Vatan, Ozodlik, Tinchlik mavzularida yozilgan mitti hikoyalar 20-avgust kuniga qadar @oyinauz_bot manzilida qabul qilinadi.

 

Gʻoliblar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha aniqlanadi:

1. Hakamlar e’tirofi;

2. Eng ko‘p o‘qilgan qisqa hikoya;

3. Eng ko‘p ovoz yigʻgan qisqa hikoya.

 

Mitti hikoyalar 150 ta so‘zdan oshmasligi, janr talablariga javob berishi zarur.

 

Tahririyatga kelib tushgan ishlar saralanib, eng munosiblari Oyina.uz portalida va telegramdagi rasmiy kanalida berib boriladi. E’lon qilingan asarlar ro‘yxati mushtariylar baholashi uchun 22 avgust kuni so‘rovnoma tarzida havola etiladi.

 

Gʻoliblar 1-sentabr kuni e’lon qilinadi. Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish