Diqqat, tanlov!

11:08 / 06.08.2021 1311
Saqlash

 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 30 yillik bayramiga bag‘ishlab Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarda mamlakatimiz mustaqilligining ulkan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, tarixiy va maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati, mamlakatimizda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasi asosida Yangi O‘zbekistonni bunyod etish borasida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan salmoqli yutuqlar, davlatimiz va jamiyatimizning bugungi taraqqiyot darajasi, xalqaro maydondagi obro‘-eʼtibori, jamiyatimizda tinchlik va barqarorlik, harbiy-vatanparvarlik, taʼlim-tarbiya, yoshlar kamoloti, maʼnaviy-maʼrifiy sohalarni rivojlantirish, milliy madaniyatimiz va sanʼatimizning betakror namunalari, qadriyatlarni ulug‘lash, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik muhitini mustahkamlash, hayotimizning barcha jabhalarini erkinlashtirish, iqtisodiyot, xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar taʼsirchan misollar, lavhalar asosida ifodlanishi, yoritilishi kerak.

Tanlov nominatsiyalari:

“Eng yaxshi maqola”,

“Eng yaxshi videorolik”,

“Eng yaxshi ijtimoiy reklama”.

Unda ishtirok etuvchilarning yoshi va kasb sohalari chegaralanmagan. Ko‘rik-tanlov bir bosqichdan iborat. Taqdim etilgan materiallar Hakamlar hayʼati tomonidan tashkilotchilar tasdiqlagan Nizom asosida ko‘rib chiqiladi va har uch yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

G‘oliblar quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:

1-o‘rin sohibiga 10 (oʼn) million so‘m;

2-o‘rin sohibiga 8 (sakkiz) million so‘m;

3-o‘rin sohibiga 5 (besh) million so‘m.

Shuningdek, nominatsiyalar bo‘yicha rag‘batlantiruvchi mukofotlar ham topshiriladi. Tanlovga taqdim etiladigan maqola, videorolik va ijtimoiy reklama mahsulotlari 2021 yilning 20 mayidan 20 avgustiga qadar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan bo‘lishi kerak. Videorolik va ijtimoiy reklama mahsulotlari 5 daqiqadan oshmasligi, maqolalar nashr (PDF) shaklida yuborilishi kerak. Ijodiy ishlar Ijodiy tanlov 2021 telegram kanali orqali qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefonlar: +998 94 657 07 87, +998 97 701 99 93, +998 71 2155045.

Tanlovga doir maʼlumotlar bilan manaviyat.uz veb-saytida hamda Ijodiy tanlov 2021 telegram kanali orqali batafsil tanishish mumkin. Tanlovning g‘olib va sovrindorlari O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yillik bayrami arafasida taqdirlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish