Polo chavgon o‘yinidan olinganini bilasizmi?


Saqlash
11:09 / 27.09.2021 0 1809

 

Chavgon fors tilidan “uchi egri tayoq otda o‘ynaladigan jamoaviy sport oʻyini hisoblanadi. Qadimgi Sharqda Chavgon chorvadorlar oʻyini sifatida paydo boʻlgan. Keyinroq otliq askarlarning mashgʻulotiga aylangan. Sharq xalqlari Chavgon toʻpini “goʻy”, egri tayogʻini “chavgon” deyishgan.

 

Tarixga nazar solsak Mahmud Koshgʻariyning “Devonu lugʻotit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig”, Abdurazzoq Samarqandiyning “Majlai saʼdayn va majmai bahrayn”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari va boshqa manbalarda Chavgon oʻyiniga oid qimmatli maʼlumotlar bor.

 

 Chavgon oʻyini aynan boburiylar saltanati davrida Hindistonda keng ommalashgan. Yozuvchi Primqul Qodirovning “Humoyun va Akbar” tarixiy romani boburiy malikalarning Chavgon oʻyiniga tayyorgarligini tasvirlashdan boshlanadi.

 

Ayniqsa, Abdulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”,  Unsur al Maoliyning  “Qobusnoma” asarlarida chavgon oʻyini mufassal berilgan. XVI asr miniatyura maktabiga mansub nomaʼlum musavvirning “Chavgon oʻyini” asarida bu oʻyinning qizgʻin lahzasi tasvirlangan.

 

1871-yilda Buyuk Britaniyada Chavgon (polo) musobaqasi tashkil qilingan. Shu tariqa Chavgon oldin Yevropa, keyin Amerika davlatlariga tarqalgan. 1900, 1904, 1920, 1924 va 1936-yillarda boʻlgan olimpiada oʻyinlari dasturidan ham joy olgan. Zamonaviy Chavgon oʻyini (hozir koʻplab davlatlarda “polo” deb ataladi) maydonning oʻlchami 274×182 m, yogʻochdan tayyorlanadigan toʻpining diametri 8 sm, ogʻirligi 120–135 g, ikki yondagi darvozalarining eni 8 m dan, oʻyin vaqti 56 min. (7 min. dan 8 boʻlim). Musobaqalashayotgan ikki jamoadagi 4 tadan otliq oʻyinchi qoʻllaridagi uchi egri tayoq (klyushka) yordamida toʻpni raqib darvozasiga kiritishga harakat qiladi. Oʻyinchilarga uchrashuv davomida otlarini oʻzgartirishlariga ruxsat etiladi.

 

Hozirgi  kunda Chavgon oʻyini Fransiya, Argentina, AQSh, Meksika, Buyuk Britaniya, Italiya davlatlarida rivojlangan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:04 / 24.04.2024 0 202
Goʻzallik qimmatga tushmasin

Qatra

10:04 / 16.04.2024 5 399
Velosiped

Qatra

10:04 / 15.04.2024 3 873
Onasini eng uzoq kutgan farzand

Qatra

14:04 / 08.04.2024 0 405
Toshbaqaning xatosi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 204468
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95651
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 21870
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 3 19466
Milliy urf-odatlar

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15061
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

10:12 / 28.12.2021 8 14360
Manqurt(lik)

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 12730
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 11745
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya