"Yozuvchi jasoratga ega bo‘lishi kerak..."


Saqlash
10:08 / 25.08.2021 0 767

Temur Po‘latov 1939-yilda Buxoroda tug‘ilgan. Rossiyadagi eng taniqli o‘zbekistonlik yozuvchi va jamoat arbobi. Adibning "Bo‘lak manzilgohlar", "Bolalar xori", “Dushan qaysarning ko‘rgan-kechirganlari" 70—80-yillar adabiyotida sarguzasht janri taraqqiyotiga hissa bo‘lib qo‘shildi. Shuningdek uning "Buxoro xonadonining kechmishlari", "Mulk", "Kunda-shunda", "Gʻoyibning ikkinchi safari", "Yetti huzur-halovat va qirq qayg‘u alam", "Gʻoyibning qaytishi", "Taroziy toshbaqasi" kabi o‘nlab yirik epik polotnolari kitobxon tomonidan iliq qarshi olingan.Temur Po‘latov 1986-yilda o‘zining "Mulk", "Gʻoyibning ikkinchi safari", "Kunda-shunda" qissalari va "Buxoro xonadonining kechmishlari" romani uchun Hamza nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. 1989-yilda esa unga O‘zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni berilgan. Quyida e’tiboringizga yozuvchi qalamiga mansub satrlardan parchalar havola etamiz.

***
Agar siz o‘zingizning uzoq tarixingizga qoyil qolsangiz va hozirgi zamonda uni hech narsa bilan bezata olmasangiz, unda qadimiy shaharlar qal’asi devorlari, xarobalari, toshlari va ajdodlaringiz qabristonlarining changlari siz uchun ma’naviy ozuqa bo‘lib qoladi...

***
Taqdir barcha hukmdorlarni, qahramonlarni, donishmandlarni, odamlarni, hayvonlar va shaytonlarni g‘arq qiladigan girdobdagi umumiy qonun. Taqdir insonga faqat ma’lum miqdordagi baxtni bag‘ishlaydi, agar siz uni silkitmasangiz, belgilangan chegaradan tashqarida rivojlana olmaysiz. Bu ozgina baxtni abadiylik changalidan chiqarib olish uchun qancha murakkab baxtsiz hodisalar va tasodiflar kerak.

***
Robbim, Dostoyevskiy qo‘rqmasdan: "Agar Xudo bo‘lmasa, hamma narsa joizdir!" deb so‘ramaganmidi?
Endi ular Xudo borligini anglab yetgach, gunohlari ko‘proq bo‘lib, talon-taroj va o‘ldirishni boshladilar. Bu XIX asrni XX asrdan ajratib turadigan paradoksdir. Totalitar raqamli fikrlash asridamiz.

***

Yozuvchi mashhur bo‘lmagan va maqtovdan mahrum bo‘lgan paytida jasoratga ega bo‘lishi kerak, chunki hech shubhasiz, u yaratgan dunyo uni o‘qiyotgan odamlar dunyosidan farq qiladi... Yozuvchi uchun eng yomoni haqiqiy adabiyot haqida hech narsa bilmaydigan toifalarning unga mehribonlik bilan munosabatda bo‘lishlaridir.


Rus tilidan Sherzod Komil XALIL tarjima qildi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 0 27
Yaponlarning yaxshi odati

Bilasizmi?

15:04 / 24.04.2024 0 210
Goʻzallik qimmatga tushmasin

Qatra

10:04 / 16.04.2024 5 406
Velosiped

Qatra

10:04 / 15.04.2024 3 877
Onasini eng uzoq kutgan farzand



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 204486
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95666
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 21900
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 3 19576
Milliy urf-odatlar

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15099
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

10:12 / 28.12.2021 8 14577
Manqurt(lik)

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 12777
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 11760
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya