Hushyorlik


Saqlash
12:03 / 14.03.2024 0 451

Hushyorlik – insonning jamiyat, millat, davlatning tinchligi, barqarorligi, farovon hayoti va mustaqilligini mustahkamlash hamda saqlab qolishga qaratilgan yuksak maʼnaviy tuygʻusini ifoda etuvchi atama. U oq-qorani, doʻst-dushmanni, haq-nohaqni, pok niyatli insonni munofiqdan farqlash imkonini berishga undaydigan tushunchadir. Hushyorlik bu – hozirgi kunda oʻzlarining gʻarazli niyatlarini amalga oshirish maqsadida yurtimizga har xil yoʻllar bilan kirishga urinayotgan, mustaqil dunyoqarashi shakllanib ulgurmagan yoshlarimiz qalbi va ongini zararli va bugʻzunchi gʻoyalar bilan egallashga harakat qilayotgan yovuz kuchlarga qarshi kurashadigan va oʻz yurtini himoya qilishga chorlaydigan daʼvatdir. Biz bugungi hayotga toʻgʻri baho bermasak, mustaqillikning qadriga yetmasak, oʻz hushyorligimizni yoʻqotib, bizni har qadamda kutayotgan tahdidlarni, tinch turmushimizga, xavf sizligimizga rahna solayotgan, oyoq ostidan chiqayotgan har xil balo-qazolarni payqamay, sezmay qolishimiz mumkin... Oʻz-oʻzidan ravshanki, bugungi zamon voqelikka ochiq koʻz bilan, real va hushyor qarashni, jahonda va yon-atrofimizda mavjud boʻlgan, tobora kuchayib borayotgan maʼnaviy tahdid va xatarlarni toʻgʻri baholab, ulardan tegishli xulosa va saboqlar chiqarib yashashni talab etmokda. Kishilarda hushyorlik hissini shakllantirish, kamol toptirishda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, mafkuraviy va tarbiyaviy omillar muhim oʻrin tutadi.

 

Hushyorlik shaxsning har qanday favqulodda vaziyatlarga tayyor turishi va xavf-xatar kelmasdanoq uni oldindan koʻra bilish xususiyati hamdir. Bu ayniqsa, davlat va jamiyat boshqaruvida, rahbar xodimlar faoliyatida yaqqol koʻzga tashlanadi. Buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiyning “Agar shohsen ogoh sen, Agar ogoh sen, shohsen” gʻoyasi hushyorlik uchun hayotiy tamoyil hisoblanadi. Bugungi globallashuv va modernizatsiyalash jarayonida turfa axborotlar dunyo boʻylab shiddat bilan tarqalayotgan bir paytda hushyorlikni shakllantirishga boʻlgan talab va ehtiyoj beqiyos darajada ortib bormoqda. Shahar va qishloqlarda, mahallalarda “Oʻz uyingni oʻzing asra” daʼvati asosida hushyorlikni taʼminlash borasida qator amaliy ishlar, chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tabiyki, xalqni demokratik qadriyatlar asosida hayotda boʻlayotgan voqea-hodisalar, yangiliklardan xabardorligi, turli xatarlardan ogohligi hushyorlikning muhim omili hisoblanadi. Shu bois bugungi kunda bu borada aholi, ayniqsa yoshlarning siyosiy hushyorligini oshirish, ularni yuksak maʼnaviy tamoyillar asosida tarbiyalash nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qatʼiyat va masʼuliyatimizni yoʻqotsak, bu muhim ishni oʻz holiga, oʻziboʻlarchilikka tashlab qoʻyadigan boʻlsak, muqaddas qadriyatlarimizga yoʻgʻrilgan va ulardan oziqlangan maʼnaviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda oʻzimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yoʻlidan chetga chiqib qolishimiz mumkin. Shunday ekan, bugungi kunda xalqimiz ongi va tafakkurida Ona yurtimizga mehr-muhabbat tuygʻusini yanada oshirish, har bir yurtdoshimizning istiqlolning mazmun-mohiyati va imkoniyatini teran anglab, bor kuch-salohiyatini Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash yoʻlidagi bunyodkorlik ishlariga safarbar etishiga erishish nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Xullas, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi sarhadlarimizning daxlsizligi, Vatanimizning tinch va osoyishtaligi, jamiyatimizning barqaror taraqqiyoti bilan belgilanar ekan, har bir vatandoshimiz, avvalo har birimizning ogoh va hushyor boʻlishimiz lozimligi davr talabi, zimmamizdagi ulkan masʼuliyat ekanini unutmasligimiz lozim.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 0 215
Yaponlarning yaxshi odati

Bilasizmi?

15:04 / 24.04.2024 0 218
Goʻzallik qimmatga tushmasin

Qatra

10:04 / 16.04.2024 5 410
Velosiped

Qatra

10:04 / 15.04.2024 3 885
Onasini eng uzoq kutgan farzand



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 204534
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95707
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 21954
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 3 19705
Milliy urf-odatlar

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15112
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

10:12 / 28.12.2021 8 14897
Manqurt(lik)

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 12851
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 11774
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya