Sher va qashqir


Saqlash
12:02 / 07.02.2024 2 872

Bir badavlat odam farzandini oʻqitdi. Oʻgʻli yetarli bilim olib uyiga qaytgach, ota “Oʻgʻlim, endi tijorat bilan ham shugʻullanib koʻring”, dedi. Yigit karvonga qoʻshilib yoʻlga chiqdi. Choʻlda ketayotganlarida sherning qoʻtosga chang solib yiqitganini koʻrdi. Sher oʻljasining hammasini yeyolmadi. Qorni toʻygach, nari ketdi. Shunda payt poylab turgan qashqirlar va quzgʻunlar oʻljaning qoldigʻiga tashlandilar. Bu manzarani koʻrib, oʻgʻil oʻylandi:

 

– Odam ham sher kabi barcha boyligini yeb ado qilolmaydi. Otamning boyligi koʻp boʻlgani holda mening tijorat yoʻlida sarson yurishimdan nima foyda. Undan koʻra otamning boyligidan foydalanib, yashab yurganim durust emasmi? Oʻgʻil shu qarorga kelib iziga qaytdi va maqsadini otasiga aytdi.

 

– Oʻgʻlim, durust fikr qilmabsiz, – dedi ota. – Men sizning qoldiqlarni yeyuvchi qashqir yoki oʻlaksaxoʻr emas, oʻljani qoʻlga kirituvchi sher boʻlishingizni istab edim. Toki, siz qoʻlga kiritgan oʻljadan boshqalar ham foyda koʻrsin. Bu ibrat oʻgʻilga maʼqul keldi. Otasiga boqimanda boʻlmay, oʻzi harakat qilib topdi, boshqalar ham undan manfaatlandi. Ilm bilan shugʻullanmoqqa ham fursat topdi. Oʻzi ham oʻqidi, boshqalarni ham oʻqitdikim, fazli-kamoli yuqori boʻldi.

Tohir MALIK

 

 

2 Izohlar

Hamidova Nargiza

10:04 / 08.04.2024

Ota onaning barcha orzu umidlari farzandidan hammayam farzandining har doim eng oldi boʻlishini istaydi lekin har doim ham toʻgʻri yoʻl koʻrsata olmaydi . Asar qahramon toʻgʻri yoʻl koʻrsatishni uddalagan ekan

Feruza

22:02 / 25.02.2024

Tohir Malik zoʻr yozuvchi. Bu ham zoʻr Ota- onam eng yaxshi ustoz

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 0 227
Yaponlarning yaxshi odati

Bilasizmi?

15:04 / 24.04.2024 0 220
Goʻzallik qimmatga tushmasin

Qatra

10:04 / 16.04.2024 5 411
Velosiped

Qatra

10:04 / 15.04.2024 3 888
Onasini eng uzoq kutgan farzand



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 204542
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95708
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 21956
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 3 19707
Milliy urf-odatlar

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15114
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

10:12 / 28.12.2021 8 14906
Manqurt(lik)

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 12854
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 11776
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya