Motam marosimidagi komediya


Saqlash
11:12 / 06.12.2023 1 4486

 

Sochlari toʻkilib ketgan, past boʻyli Aleksandr Yefremovich Yablochkin juda xushchaqchaq odam edi. U yangi filmni topshirish uchun borganimizda, ruxsatnomasini koʻrsata turib kiraverishda yiqilib tushdi va shu joyning oʻzida 59 yoshida jon taslim qildi. Uni Vostryakovskiy qabristoniga dafn etadigan boʻlishdi. Janozaga juda koʻp odam toʻplandi. Tobutni qabr qoshidagi maxsus supachaga qoʻyishdi. Uning yonida marhumning qarindoshlari va ravvin turardi. “Mosfilm” marosimda ravvinning ishtirokiga qarshi edi, ammo yaqinlari oyoq tirab turib olishgandi.

 

Ravvin kichkinagina, 90 yoshlarni qoralab qolgan, qora shlyapa va uvadasi chiqib ketgan qora palto kiyib, metall gardishli aylana koʻzoynak taqqan odam edi. Noyabr oyining oxiri, sovuq shamol esib, hatto qor yogʻa boshlagandi. Ravvin sovuqdan qaltirardi. Odamlar qabr atrofida tizilib turib olishdi, orkestr esa sal orqaroqda devor yoniga joylashdi. Studiyaning kasaba uyushmasi tashkilotchisi oʻrinbosari Saveliy Ivaskov orkestr dirijyorini ijroni qachon boshlashni qoʻlim bilan ishora qilib koʻrsataman, deb ogohlantirib qoʻydi.

 

Keyin qabr boshiga kelib ravvinga qarab:

– Qani boshla, otaxon, – dedi.

– Rebe, – deb tuzatdi uni Yablochkinning opasi.

– Mayli, rebe boʻla qolsin, – dedi Ivaskov.

Ravvin marhumning opasi tomon egilib qogʻozga yozilgan nimalargadir aniqlik kirita boshladi.

– Otaxon boʻla qol, boshla! Sovuqdan odamlar muzlab qoldi, – dedi norozilik bilan Ivaskov. (U barchadan koʻproq yahudiy din arbobining ishtirokiga qarshi edi)

Ravvin unga bir qarab olib, idish tilida marhumning ruhiga duolar oʻqidi. Qarindoshlari ismini aytishga kelganda marosim qoʻshigʻini ruscha ayta boshladi:

– Va opasi Mariya, va uning oʻgʻli Grisha, va uning qizi Lora… (Lora eriga qaraganda ancha yosh edi)

– Otaxon! – Ivaskov uning gapini boʻlib, “rasvo qilding” degandek qoʻl siltadi. Va shu payt Sovet Ittifoqi madhiyasi yangradi. Bunday kutilmagan vaziyatdan dovdirab qolgan ravvin qaltirab ketib, yiqilib tushishiga bir baxya qoldi. Yer muzlab, sirpanchiq boʻlib qolgandi.

– Toʻxta, toʻxtang! – baqirdi Ivaskov.

Orkestrning ovozi oʻchdi.

– Ruben Artemovich, bu ishora sizga emasdi! – Ivaskov dirijyorga qichqirdi. Va Yablochkinning opasiga bu oʻrtoqqa kimning kimligini yaxshilab tushuntirib qoʻying, dedi. Mariya Ravvinga Grisha marhumning oʻgʻli emas, jiyani, Lora qizi emas, xotini ekanini aytdi. U tasdiq ishorasi bilan boshini qimirlatib qoʻydi-da, marosim qoʻshigʻini qaytadan ayta boshladi. Yana qarindoshlariga kelganda Mariya opasi, jiyani Grisha va Grishaning qizi Lora, – dedi...

– Boʻldi, toʻxtang! – Ivaskov yana qoʻlini siltadi. – Axir sizga necha marotaba tushuntirish kerak?!

Va yana madhiya gumburlab yangradi.

– Bas qiling! Musiqani toʻxtating – baqirdi Ivaskov.

Orkestrning ovozi oʻchdi.

– Ruben Artemovich, siz uchun endi ikki qoʻlim bilan ishora beraman! – Ivaskov baqirdi dirijyorga.

– Eslab qoling ikki qoʻlimni balandga koʻtarib!

Va ravvin tomonga yuz burdi: – Otaxon, kechirasiz-u, siz oʻzi rus tilini tushunasizmi? Siz odamga oʻxshab fuqaro Lora Yablochkinning qizi emas, xotini deb ayta olasizmi?! Xotini, anglayapsizmi, xotini?!

– Tushunyapman.

– Boʻldi, endi eʼtiborli boʻling! Nima boʻlsayam dafn marosimi boʻlyapti, yaxshi emasda!

 

Ravvin qaytadan boshladi va oʻsha mashʼum va xavfli joyiga kelganda biroz nafas rostlab, aniq-tiniq qilib kuylay boshladi:

– Mariya – opa, Grisha – jiyan. Va u Grishaning qizi emas! – u koʻzoynagi ustidan Ivaskovga gʻolibona qaradi. – Grisha jiyanning xotini esa grajdanka Lora Yablochkina!

– U, yo! – portlab ketdi Ivaskov.

Gʻazabdan qaqshab ketgan Ivaskov toyib, qabr ichiga tushib ketdi. Qabr ichiga yiqilib tusharkan qoʻllari koʻtarilib ketdi. Ikki qoʻlning koʻtarilishi esa oʻzi aytganidek, orkestrga ishora edi. Shu lahzada Sovet Ittifoqi madhiyasi yangradi. Va marosimning xuddi shu joyida biz ham oʻzimizni kulgidan tiyib turolmadik. – Sasha, kechir meni doʻstim! Men ham qattiq kulib yubordim. Sen oʻzing tragikomediya sevimli janrim, deb aytarding. Xuddi shu janr bilan sening dafn marosiming oʻtdi.

 

Ammo mening ham vaqti-soatim yetganda, narigi dunyoga xuddi shu alfozda ketgim keldi. Kasal boʻlmasdan, hech kimni qiynamasdan, toʻsatdan. Va, albatta, mening dafn marosimimda ham qaygʻurib, ham kulishlarini istayman.

 

Georgiy DANELIYA,

Jaloliddin SAFOYEV tarjimasi

 

 

1 Izoh

Ggg

08:12 / 09.12.2023

Juda yomon tarjima!

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 0 197
Yaponlarning yaxshi odati

Bilasizmi?

15:04 / 24.04.2024 0 218
Goʻzallik qimmatga tushmasin

Qatra

10:04 / 16.04.2024 5 410
Velosiped

Qatra

10:04 / 15.04.2024 3 884
Onasini eng uzoq kutgan farzand



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 204529
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95706
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 21947
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 3 19693
Milliy urf-odatlar

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15112
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

10:12 / 28.12.2021 8 14888
Manqurt(lik)

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 12839
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 11774
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya