Eshikka osilgan taxtacha


Saqlash
20:12 / 02.12.2021 5 96042

 Bir kuni ko‘chada sayr qilib yurgan kishi yo‘l chetida o‘tirgan keksa odamni ko‘rib qoldi. U mo‘ysafidning qarshisiga kelib, murojaat qildi:

 

– Otaxon, ulug‘ yoshli inson ekansiz, anchagina uzoq hayot yo‘lini bosib o‘tgansiz. Shubhasiz, juda dono bo‘lsangiz kerak. Ayting-chi, mana, men yosh va kuchliman-u, ammo hech qayerdan ish topa olmayapman, o‘g‘lim giyohvandlikka berildi, qizimni ham yaxshi tarbiyalay olmayapman, ayolim esa kun bo‘yi uyda o‘tirsa ham, hech qayerga qaramaydi. Xo‘sh, men bu vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak? Nima qilsam, bularning hammasini o‘zgartira olaman?

 

Qariya javob berdi:

 

– Eshiging ustiga kichkinagina taxtacha osib, unga “Hamisha shunday bo‘lavermaydi” deb yozib qo‘y.

 

– Shu xolosmi? – hayron bo‘ldi erkak.

 

– Shu xolos, – javob qildi keksa kishi.

 

U uyiga borib, qariya aytgandek qildi. Bir qancha vaqt o‘tgach, uning o‘g‘li giyohvandlikni tashladi va hatto qilgan ishi gunoh ekanini tan olib, tavba qila boshladi. Qizi yosh bilan yigit bilan yaxshi ko‘rishib, oila qurdi. Ayoli ham o‘zgardi va risoladagi bekaga aylandi. Erkakning o‘zi esa serdaromad ishga joylashdi va ko‘p o‘tmay, hatto mashina sotib oldi.

 

Kunlarning birida u tanish ko‘chadan o‘tib borayotib, ikki yilcha oldin keksa mo‘ysafidni uchratgan joyida to‘xtadi. Qariya hali ham shu yerda o‘tirgandi. Erkak uning oldiga yaqinlasharkan, mashinadan tushmagan holda, uning oynasini ochib, so‘z qotdi:

 

– Ha, boboy, haliyam o‘tiribsizmi? Men bo‘lsa, ko‘rib turganingizdek, ancha narsaga erishdim. O‘g‘lim giyohvandlikni tashladi, endi u taqvoli yigit, qizim sevib, sevilib turmushga chiqdi. Ayolim ham yaxshi rafiqaga aylandi. O‘zim ishga joylashdim va endi ishxonamda martabali boshliqman. Siz esa haliyam o‘shandek o‘tiribsiz, no‘noq chol! Xo‘sh, endi menga nima deb maslahat berasiz?

 

Bu gaplardan qariyaning chehrasi o‘zgarmadi, aksincha, u suhbatdoshiga xotirjam tikilgancha, dedi:

 

– Haligi taxtacha bor edi-ku, shuni olib tashlamagin…

5 Izohlar

Bekzod

06:01 / 01.01.1970

Har doim sabrli bolish kerak. Chunki Alloh chiroyli sabr ortidan chiroyli baxt ham beradi.

Jasmina

06:01 / 01.01.1970

Hayotda hech qachon noshukr bulmaslik kerak

Bunyod

06:01 / 01.01.1970

Nima bo'ganda ham boriga shukur yo'g'iga sabr qilib yashash kerak. Axir bobolarimiz Sabrning tagi-sariq oltin deb bejiz aytishmagan

Sabina

06:01 / 01.01.1970

Reja: 1.Yigitning achinarli hayoti. 2Moʻysafedning gʻayratomus maslahati. 3.Yigitning moʻysafedning maslahatidan keyingi hayoti 4.Yigitning moʻysafedga boʻlgan notoʻgʻri muomalasi . Hayot har doim ham bir tekisda emas

Sabina

06:01 / 01.01.1970

Hayot har doim ham bir tekisda kechmaydi. lekin juda koʻp insonlar buni tushunmaydi.

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 0 237
Omad yosh tanlamaydi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 2 468
Yaponlarning yaxshi odati



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 205219
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96043
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22296
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 20754
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16380
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15556
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 13549
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 12034
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya