5 ming va 10 ming so‘mlik kupyuralarning yangi dizayni e’lon qilindi

Saqlash
16:08 / 20.08.2021 2060 0

Mazkur banknotlar mavzusi “Buyuk Ipak yo‘li” hamda mamlakatimiz hududidagi qadimiy Samarqand va Toshkent shaharlari tarixiga bag‘ishlangan.
5 ming so‘mlik:

Banknot old tomoni chap qismida 1619-1635 yillarda qurilgan Samarqand shahridagi “SHERDOR MADRASASI” tasvirlangan.



Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi VIII-V asrlarga tegishli bo‘lgan “AFROSIYOB ARXYeOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan.



10 ming so‘mlik:

Banknot old tomoni chap qismida 1551-1575 yillarda qurilgan Toshkent shahridagi “KO‘KALDOSH MADRASASI” me’moriy yodgorligi tasvirlangan.



Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi I asrga tegishli bo‘lgan Toshkent shahri hududidagi eng qadimiy yodgorlik – “SHOSHTEPA ARXYeOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish