Doʻstlar bilan muammolar haqida gaplashish insonni baxtli qiladi

Saqlash
18:05 / 10.05.2024 1758 0

Tadqiqotchilarning aytishicha, bu orqali odam doʻstona muhitni his qiladi va bu unga oʻzini baxtli his qilishiga yordam beradi.

 

Aslida hayotidan nolish har qayerda salbiy odat hisoblanadi. Ammo olimlar buning inson ruhiyatiga baxtlilik garmonlarini yetishtirib berishini aniqladi.

 

“Bizning tadqiqotimiz kuchli doʻstlik muhitining shakllanishini isbotladi. Bunday muhit salbiy his-tuygʻularni yumshatadi va ijtimoiy yordam izlash orqali shaxslararo munosabatlarni mustahkamlaydi”, deydi tadqiqotchilardan biri.

 

Tadqiqot 2 ta qismga boʻlingan.

 

Uning birinchi qismida 2614 nafar oʻrta maktab oʻquvchilaridan doʻstlikning xususiyatlari, hayotdan qoniqish va ruhiy tushkunlik haqida soʻrovnoma oʻtkazilgan.

 

Keyinchalik tadqiqotchilar jamoasi hayotdan qoniqish va birgalikdagi fikrlash oʻrtasidagi munosabatni oʻrganib chiqqan. Qatnashuvchilar ikki toifaga boʻlingan – qoʻllab-quvvatlovchini istaydigan va noliydiganlar.

 

Natijalar shuni koʻrsatdiki, birgalikda fikr yuritish va ayniqsa qoʻllab-quvvatlovchi doʻst bilan suhbat qurish hayotdan qoniqish kabi hissiyotlarni uygʻotadi.

 

“Birgalikda fikr yuritish hayotdan qoniqish bilan ijobiy bogʻliq boʻlib, qanchalik koʻp fikr almashsak, shunchalik baxtli boʻlamiz”, deb yoziladi tadqiqot xulosasida.

 

Shuningdek, nola qilib, yigʻlab dardlashish faqatgina qizlarda kuzatilgan. Bunday dardlashish aksincha taʼsir koʻrsatishi, yaʼni yashashdan qoniqmaslik tuygʻusini shakllantirishi isbotlandi.

 

Ajablanarlisi, qo'llab-quvvatlovchi doʻstona muhit yigʻlab nola qiluvchilar uchun ham eng yaxshi davo muhiti ekan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish