Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi tashkil etiladi

Saqlash
18:05 / 23.05.2024 1625 0

Olimpiya shaharchasida Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi koʻzda tutilgan, deya maʼlum qilindi Prezident rasmiy saytida.

 

Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqot instituti hamda Mutaxassislar malakasini oshirish instituti ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, akademiya tizimida Sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, Axborot kutubxona markazi, Oʻzbekiston tarixi va xorijiy tillarni oʻqitish markazi ham ochiladi.

 

Ma'lumot uchun, Olimpiya shaharchasi poytaxtimizning Yashnobod tumanida barpo etilmoqda. Kelgusi yil u yerda yoshlar o‘rtasida yozgi Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladi.

 

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab, akademiyaga 3 ta bakalavr yoʻnalishi va 6 ta magistratura mutaxassisligi boʻyicha qabul boshlanadi.

 

Bitiruvchi talabalarga toʻgʻridan-toʻgʻri 6 yillik trenerlik malaka sertifikati beriladi.

 

Olimpiya va paralimpiya kollejlaridan seleksiya qilingan bitiruvchilar toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi kursga qabul qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//