“iPhone 14 Pro sotaman” deb aldagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Saqlash
14:04 / 25.04.2024 1672 0

Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida yashovchi A.T. bank kartasidan 1 mln 900 ming soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilganligi boʻyicha ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.

 

Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi 27 yoshli M.O. sodir etganligi aniqlangan. U gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan.

 

Maʼlum boʻlishicha, gumonlanuvchi M.O. ijtimoiy tarmoqqa (Telegram) “Iphone 14pro sotiladi” deya yolgʻon eʼlon joylashtirgan. Mazkur eʼlonga ishongan jabrlanuvchi A.T. gumonlanuvchi M.O. bilan telefon orqali gaplashadi. M.O. suhbat davomida A.T.ning ishonchiga kirgan va oldindan 1 mln 900 ming soʻm miqdoridagi pullarni oʻzining bank kartasiga oʻtkazib olgan. Shundan soʻng, M.O. jabrlanuvchi bilan boʻlgan yozishmalarni oʻchirib yuborib, uning qoʻngʻiroqlariga javob bermay, qora roʻyxatga kirgitib qoʻygan.

 

Hozirda ushbu holat yuzasidan JKning 168-moddasi 3-qismi bilan M.O.ga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

 

“Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish