Zoir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Saqlash
14:04 / 25.04.2024 1536 0

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev “Telefonsiz maktab” loyihasini faol qoʻllab-quvvatlagan Angren shahridagi 17-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori Zebo Mahkamovaga 300 million soʻm pul mukofotini topshirdi. Bu haqida viloyat Matbuot xizmati maʼlum qildi.

 

Xabarga koʻra, ushbu maktab 50 kundan buyon (5-martdan boshlab) yangi loyihani faol tatbiq qilib kelgan.

 

 

Oldinroq Toshkent viloyati hokimi “telefonsiz” maktabga 300 mln berish taklifini aytgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish